Вазирлик ҳақида Ҳужжатлар Муассасалар Янгиликлар Тадбирлар Лойиҳалар АКТ Оnline хизматлар

Гендер статистикаси Бош сахифа

02 сентября 2014

Гендер статистикаси

Mazkur bo‘limda tibbiyot muassasa-   lari tarmog‘i va faoliyati, tibbiyot xodimlari, aholining salomatligi, nogironligi va ayrim yuqumli kasalliklarga chalinishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu bo‘limda ayrim ko‘rsatkichlar ayollar va erkaklar kesimida  keltirilgan.

Tibbiyot muassasalari tarmog‘iga shifoxona va ambulatoriya-poliklinika, tez tibbiy yordam, onalik va bolalik himoyasini ta’minlash hamda  sanitariya-epidemiologiya yo‘nalishidagi muassa-salar kiradi.

Shifoxona – kechayu kunduz tibbiy yordam ko‘rsatuvchi, bemorlarni  diagnostika, davolash va  reabilitatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, professional tayyorlangan amaliyotga ega, kamida bitta shifokori mavjud statsionar davolash muassasasi.

Shifoxona muassasalarida zaruriy anjomlar bilan jihozlangan va band bo‘lishi yoki band bo‘lmasligidan qat’iy nazar bemorlarni qabul qilish uchun tayyor turgan shifoxona o‘rinlari hisobga olinadi.

Ambulatoriya-poliklinika muas-sasalari soniga aholining ushbu muassasalarga qatnab yoki shifokorlar-ning uylarga tashrif buyurishi orqali aholiga davolash profilaktika yordamini ko‘rsatuvchi muassasalar kiritiladi.  Ular qatoriga mustaqil poliklinikalar, dispanserlar, shifoxonalarning poli-klinika bo‘limlari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tibbiy sanitariya qismlar, ambulatoriyalar, qishloq (shahar) vrachlik punktlari, mustaqil vrachlik tibbiyot punktlari, ayollar maslaxatxonalari va boshqalar kiradi.

Aholining kasallanishi yil davomida davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilganda yoki profilaktik ko‘rikdan o‘tayotganda aniqlangan (yoki dispanser kuzatuvi ostiga olingan) ilk bor tashxis qo‘yilgan bemorlar soni bilan izohlanadi.

Aholi kasallanishiga doir statistik ma’lumotlarni tayyorlash uchun X-qayta ko‘rib chiqilgan Kasalliklarning xalqaro tasnifi qo‘llaniladi.

Tibbiyot xodimlarining soniga, barcha ixtisoslik va turdagi tibbiyot muassasalarining (tibbiyot yordamini ko‘rsatuvchi xususiy muassasalarini qo‘shgan holda)  shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari kiritiladi.

Shiforkorlarning umumiy soniga sog‘liqni saqlash, sanatoriy-kurort, tibbiyot xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash muassasalarida, aholini ijtimoiy muhofazasida, ilmiy izlanish institutlarida, sog‘liqni saqlash boshqaruv organi apparatida   ishlayotgan oliy tibbiyot ma’lumotiga ega barcha mutaxassislar kiritiladi.

O‘rta tibbiyot xodimlarining umumiy soniga  sog‘liqni saqlash, sanatoriy-kurort muassasalarida, go‘daklar uylarida va boshqa muassasalarda  ishlayotgan o‘rta maxsus  tibbiyot ma’lumotiga ega barcha shaxslar  kiritiladi.

 

Манба: gender.stat.uz